2023 yil 27 dekabr kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida ekologik menejment bo‘yicha ISO 14001 va sifat menejmenti bo‘yicha ISO 9001 xalqaro sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bureau Veritas Tashkent sertifikatlashtirish organi rahbari M. Rasulova sertifikatlarni Uyushma Raisiga rasman topshirdi.
Ta’kidlash joizki, ISO 14001 sertifikatini olgan kompaniya “yashil” iqtisodiyotga sodiqligini isbotlaydi, xalqaro boshqaruv tizimi standarti ISO 9001 esa bir qator jiddiy, ayniqsa tashqi bozorlarga chiqishda marketing istiqbollari va ustuvorliklarini ochib beradi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi idoralari va vazirliklari orasida ISO 14001 standartini olgan birinchi tashkilot bo‘ldi. Bu bilan u resurslardan barqaror foydalanish imkoniyatiga ega va investorlar uchun sarmoyaviy jozibador bo‘lib, kompaniyaning atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillariga amal qilishiga kafolat beradi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




