“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida O‘zbekistondagi 10 dan ortiq to‘qimachilik kompaniyalari xalqaro WRAP (Worldwide Responsible Accredited Production) standarti sertifikatiga ega bo‘ldi.
UZTEX kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda, shuningdek, Markaziy Osiyoda ushbu standartni olgan birinchi korxona bo‘ldi. 25 dekabr kuni kompaniya rasmiy sertifikat topshirish marosimini o‘tkazdi.
WRAP sertifikati ijtimoiy standartlarning eng murakkablaridan biri bo‘lib, UZTEX Group dagi ishlab chiqarish AQShga mahsulot eksport qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy me’yor va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlaydi. Ushbu qadam O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati e’tibor qaratayotgan sifat va axloqning yuqori standartlarini aks ettiradi.
Sertifikat “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Textile Standard Service” kompaniyasi yordamida olingan va rasmiy ravishda WRAP ning muvofiqlik bo‘yicha katta direktori Xong Mey tomonidan berildi.
Eslatib o‘tamiz, UZTEX O‘zbekistonda ham, Markaziy Osiyoda ham ushbu standartni olgan birinchi korxona bo‘ldi. Ayni paytda yana 10 ta korxona WRAP sertifikatini olish bosqichida.
Bizni kuzatib boring.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va UZTEX Group jamoasini samimiy mubarokbod etamiz!
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




