ugun, 6 dekabr kuni Toshkentda xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) shafeligida “Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda milliy ijtimoiy muloqot institutlari (MIMI) haqidagi bilimlarni to‘ldirish” mavzusida muhim xalqaro konferentsiya o‘z ishini boshladi.
Ushbu konferentsiya MIMI haqida xabardorlikni ko‘tarish, ijtimoiy muloqot samaradorligini oshirish, milliy ijtimoiy muloqot institutlarini rivojlantirish va uch tomonlama komissiyalarning imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘yicha munozarani boshlashga qaratilgan.
Tadbirda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasining 8 mamlakatidan milliy uch tomonlama komissiyalar a’zolari vakili bo‘lgan uch tomonlama hamkorlar hamda XMT ekspertlari faol ishtirok etib, muhokamalarni o‘z tajriba va bilimlari bilan boyitdilar.
Konferentsiyada O‘zbekiston bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ishtirok etmoqda. Ularning hissasi va ishtiroki mintaqada ijtimoiy muloqotning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




