Xabar berganimizdek, (https://t.me/uztsuz/10825) bugun 29 noyabr kuni xalqaro bozorlarga chiqish istagida bo‘lgan Farg‘ona vodiysi korxonalari uchun “Xalqaro yarmarkalari va ko‘rgazmalariga tayyorgalik ko‘rish” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbir o‘z mahsulotini tashqi bozorga olib chiqish va ko‘rgazmalar orqali yangi buyurtmalarni oshirishga intilayotgan korxonalar uchun mo‘ljallangandir.
O‘quv seminarida Tang Group, SMSHD Tex, Sart Libos, Avilon Kokand, Art Soft, Ideal Tekstil, NT Holding, Teamdress, Posco Textile, Oltin Mato, Eco Line Tex, Hamza Expo Art Tekstil va boshqa korxonalarning 30 dan oshiq vakillari bilan birgalikda Monomarkazda Farg‘ona va Namangan to‘qimachilik instituti xodimlari ham ishtirok etishmoqda.
Britaniyaning INFOAID konsalting kompaniyasi mutaxassisi S.Eriskat tomonidan dialog shaklida o‘tkazilayotgan ushbu seminarda Yevropa Ittifoqiga chiqish uchun talablar, standartlar, ko‘rgazmalarda yangi mijozlarni topish, eksportbop mahsulotlar turlari, sifati yuzasidan taqdimot namoyish etilmoqda.
Tadbir “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniyaning Gesamtmasche uyushmasi hamda Xalqaro hamkorlik tashkiloti – GIZ hamkorligida tashkil etildi.
Sizda ushbu mavzularda qiziqishingiz bo‘lsa, ertaga 30 noyabrda Toshkent shahri, “Merkuriy” mehmonxonasida kutib qolamiz.
Murojaat uchun: +998 71 202 22 44 (187,189)
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




