Joriy yilning 24 noyabr kuni Parij shahrida Frantsiyadagi eng yirik laboratoriya va ilmiy tadqiqot instituti – Institut Francais Textile Habillement vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Frantsiyalik hamkorlar O‘zbekistonda sifat va audit infratuzilmasini rivojlantirish, Frantsiyaga eksport qilish uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, O‘zbekistonda frantsuz mutaxassislari ko‘magida auditorlar va komplaens-menejerlarni tayyorlash bo‘yicha mustaqil akkreditatsiyadan o‘tgan tuzilmani yaratish yuzasidan ishonch bildirdi.
IFTH laboratoriyalari lyuminestsent poliester, qayta ishlangan poliester mahsulotlari, mis va alyuminiy matolar, plazma iplari va kam suv iste’mol qiladigan tolalar kabi yangi turdagi materiallarni yaratadi.
Tashkilotning maqsadi ixtisoslashuvning uchta asosiy yo‘nalishiga bo‘lingan: texnik maslahat va innovatsiyalar, sinov va sertifikatlash, bilim va ko‘nikmalar bo‘lib, bularning barchasi to‘qimachilik sohasida loyihalarni qiymat zanjiri bo‘ylab safarbar qilishga imkon yaratadi.
IFTH Frantsiyadagi OEKO-TEX® xalqaro sertifikatlashtirish uyushmasining eksklyuziv vakili bo‘lib, BNITHni AFNOR boshchiligida boshqaradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




