Shu kunlarda XMT byurosining Bosh direktori apparati qoshidagi Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy direktori Beate Andreyes Toshkentga tashrif buyurmoqda.
Tashrif davomida, 22 noyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” ushmasida XMT vakili va O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi raisining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Beate Andreyes O‘zbekistonda mehnat munosabatlari sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni, to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarni va paxta-to‘qimachilik klasterlari sharoitida uni tashkil etilishining tubdan yangi tizimiga o‘tishni qayd etdi. Shuningdek, XMT bilan hamkorlik, ijtimoiy muloqotni rivojlantirish va uch tomonlama sheriklik istiqbollari masalalari muhokama qilindi. Natijada O‘IBK va XMT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning keyingi yo‘nalishlari belgilandi.
Avvalroq Beate Andreyes xonim “Global Textile Solutions” MCHJga tashrif buyurib, u yerda kompaniya faoliyati, kompaniyaning keyingi rejalari va rivojlanish istiqbollari bilan tanishdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




