USAIDning Future Growth Initiative dasturi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligidagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Brending_maktabi SAMO, Look at me, MilanaTex, Ahsan, TWINS, Bahmal group, G.Studio, Almaz Textile kabi mahalliy brend vakillari katta qiziqish bilan ishtirok etdi va ijobiy natijalarga erishdi.
5 kunlik mahorat darslarini European News Academy eksperti Sergey Stanovkin, Fratelli Casa, Uzbtextile.com asoschilari Sherzod Kayumov, Shaxrux Kayumovlar tomonidan raqobat va brending, brend va uni rivojlantirish vositalari, brending va rebrending, reklama va PR, individual va jamoatchilik bilan aloqalar, ijodkorlik va korporativ brendlarni ilgari surish formatlari kabi mavzularda keng qamrovli bilimlar bilan o‘rtoqlashdi.
Brending_maktabi ilk bitiruvchilarini tabriklaymiz va milliy brendlarni global miqiyosga olib chiqishda omad tilaymiz!
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




