12 oktyabr kuni Germaniyaning halqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning TexVET loyihasi tomonidan O‘zbekiston tekstil va charm sanoati sohasida Tarmoq kengashining trening markazida uning faoliyatini strategik rejalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha Tarmoq kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4939-son qarori bilan tashkil etilgan va GIZ dasturi doirasida Tarmoq faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Seminarda halqaro ekspert janob Paul Komin (Avstraliya) kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha Kengashning 3-5 yillik strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqishda va uning yanada samarali faoliyatini tashkil etishda Tarmoq ishtirokchilariga amaliy maslahatlar berib, kelajakda qator loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




