Ayni paytda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi o‘zbek to‘qimachilik delegatsiyasi Qatarga tashrif bilan bo‘lmoqda.
Tashrif davomida Qatarning “Barzan Holdings” kompaniyasi bosh direktori Abdulla Al Xatem bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekistonning “Uzwoolentex” kompaniyasi bilan Qatar kompaniyasiga jun mato yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




