Textima va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Markaziy Osiyo bozorida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Textima ushbu mintaqaga e’tiborni kuchaytirish niyatini tasdiqladi va O‘zbekistonni ushbu maqsadga erishishda muhim sherik sifatida tan oldi.
Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi tayinlangan koordinator Hartmut Gerlof kompaniyaning mintaqadagi ulkan imkoniyatlar va jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotni hisobga olgan holda strategik rejalarni amalga oshirish niyatlarini bildirdi.
Uyushma bilan hamkorlik Textima kompaniyasining Markaziy Osiyo bozorida rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uyushma O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida katta aloqalar va tajribaga egaligi Textimaga kuchli sheriklik aloqalarini o‘rnatishga va ushbu bozorga muvaffaqiyatli kirishga yordam beradi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




