Ma’lumki, merserizatsiya, oqartirish, bo‘yash va boshqa jarayonlarda ishlatiladigan to‘qimachilik kimyosi sanoatning muhim qismidir. Kimyoviy moddalar to‘qimachilik ishlab chiqarishning deyarli barcha bosqichlarida qo‘llaniladi. Sanoatning ushbu qismi TTME ko‘rgazmasida ham namoyish etilgan.
“Neochem” kompaniyasining xalqaro biznes bo‘yicha vitse-prezidenti Xitesh Vadird taasurotlari:
“Neochem – bu maxsus kimyoviy moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va 1979 yildan, ya’ni bozorda 44 yildan beri faoliyat yuritayotgan Hindiston kompaniyasi. Biz ishlab chiqaradigan kimyoviy moddalar 8-9 turli sohalarda qo‘llaniladi, ammo to‘qimachilik bizning asosiy biznesimizdir.
Bu bizning O‘zbekistonda birinchi marotaba bo‘lishimizdir va biz to‘qimachilik sanoati uchun katta imkoniyatlar mavjudligini tushunamiz. Shuning uchun biz O‘zbekistonda yaqin hamkorlik qilishimiz mumkin bo‘lgan hamkorlarni qidirmoqdamiz”.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




