Qashqadare viloyati Ko‘kdala tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Italiyada bo‘lib, mashhur italyan brendi hisoblangan “Cotonella” brendini Ko‘kdalaga olib kelish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
“Ko‘k dala” paxta-to‘qimachilik klasteri negizida “Cotonella” brendini mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi (https://t.me/uztsuz/9734) va ayni damda montaj ishlari olib borilmoqda. Klaster vakillari shu kunlarda “Cotonella” ning Italiyadagi ofisida bo‘lib, brendni relokatsiya qilish yuzasidan chora tadbirlarni muhokama qilmoqda.
Klaster rahbari so‘zlariga ko‘ra, brend ostida maxsulotlarni to‘liq ishlab chiqarish zanjirini tashkil etish va yangi turdagi mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqish maqsadiga erishiladi. Bu klasterning mahalliy paxtani qayta ishlash, undan yuqori ko‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, mahalliy aholi bandligi ta’minlanadi va Italiyaning yetakchi tikuv texnologiyalari va bilimlarini o‘rganish imkoniyati yaratiladi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




