O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Farmoniga muvofiq, joriy yilning 5-8 sentyabr kunlari O‘zbekiston va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ko‘magida “Gherzi” xalqaro konsalting kompaniyasining eksperti Piyetro Valenti shu kunlada tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Tashrifdan asosiy maqsad, O‘zbekistondagi ip-kalava va matoni bo‘yash fabrikalari uchun chiqindi suvlarni tozalash qoidalari, chiqindi suvlarni qayta ishlash texnologiyalari hamda texnikasi yuzasida batafsil ma’lumot olish, uni isloh qilish bilan birga, qator manfaatdor davlat vakillari hamda korxonalar bilan soha yuzasidan uchrashuv va seminar treninglar tashkil etishdan iborat.
Tashrifi davomida Piyetro Valentining “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Sultanov bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida global muammoga aylanayotgan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari tomonidan ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida amalga oshiralayotgan ishlar, oqindi suvlarni tozalash, ularni zararsizlantirish hamda bo‘yoq korxonalarida oqova suvdan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Ma’lumot tariqasida aytish mumkinki, bugungi kunda, respublikada mahsulot bo‘yash – pardozlash faoliyatiga ixtisoslashgan 100 dan ortiq to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasi korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan ip-kalava bo‘yash yillik ishlab chiqarish quvvati 64 ming tonna hamda trikotaj mato bo‘yash va gazlama pardozlash 305 ming tonna tashkil qiladi.
Ushbu korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqova suvlar mahsus tozalash inshootlarida asosan elektroliz, kimyoviy va biologik usullarda bir nechta bosqichda tozalanib, ushbu jarayonda oqova suvlarning rangi va ularning tarkibidagi kimyoviy moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatkichlar darajasidan oshib ketmasligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Ma’lumot uchun: Toshkent viloyatida joylashgan “Uzteks Grupp” MCHJ, “MS-Barer Tekstil” MCHJ, “Orzu Teks” MCHJ, Toshkent shahrida “Real Teks” MCHJ, Andijon viloyatida “Nil Granit” MCHJ, “Asakatekstil” MCHJ, Buxoro viloyatida “Nigora” MCHJ, Xorazm viloyatida “Develop Tekstil” MCHJ, “Urganch Baxmal” MCHJ va bu kabi boshqa ko‘plab korxonalarda yuqorida ta’kidlab o‘tilgani kabi zamonaviy tozalash inshootlari o‘rnatilgan bo‘lib, ularda hosil bo‘lgan oqova suvni qayta foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan darajada tozalash imkoniyati mavjud.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida suvdan foydalanuvchi, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarda suv ob’yektlariga oqizilayotgan oqindi suvlarni tozalash inshootlari joriy etilib, ular tomonidan oqava suvni neytrallash, havo oqimi bilan kavitatsiyalash, sorbtsiyalash, filtrlash, tindirish, kaogulyant qo‘shib ishlov berish, cho‘ktirish va shu kabi tozalashning boshqa ko‘plab zamonaviy usullaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Korxonalarining tozalash inshootlari tasdiqlangan jadval asosida joriy ko‘rikdan o‘tkazilib tozalash qurilmalarini ta’mirlash, zaruriy ehtiyot qismlarini yangilash, xovuzlar hamda artezian quduqlar hududlarni dizinfektsiyalash, obodonlashtirish, kanalizatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va xosil bo‘lgan kimyoviy hamda maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish ishlari amalga oshirilib boriladi. Oqava suv tarkibini nazorat qilish uchun laboratoriya va reagentlarni saqlash xonalari mavjud bo‘lib, ularni modernizatsiya qilish va qayta jihozlash bo‘yicha har bir korxona tomonidan alohida chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, bugungi kunda uni amaliyotga tadbiq etish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, soha korxonalari tomonidan suv ob’yektlariga oqizilayotgan oqindi suvlarning talab darajasida zararsizlantirilishini kat’iy nazoratga olish maqsadida, mavjud tozalash inshootlarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va zarurat darajasida ularni yangilash, oqindi suvlarni zararsizlantirishning yangi turdagi zamonaviy va innovatsion yechimlarini joriy etish, suv ob’yektlariga oqizilayotgan oqindi suvlarni zararsizlantirish va ulardan ishlab chiqarish jarayonida kayta foydalanish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan,
2024 yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha jami 40 ga yaqin yirik to‘qimachilik korxonalari tomonidan kunlik umumiy quvvati 45,0 ming kubometrdan ortiq oqava suvni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish va zamonaviylarini qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, buning natijasida, soha korxonalari tomonidan atrof-muhitga yillik qariyb 15,0 mln kubometr hajmdagi ifloslangan oqava suvlarni chiqarib tashlashning oldi olinadi.
Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabr kuni Wyndham Hotel Tashkent mehmonxonasida Vazirlik va davlat idoralari vakillari hamda bo‘yoq fabrika vakillari uchun “To‘qimachilikda suv boshqaruvi. Xavflarni minimallashtirgan holda investitsiya qilish” nomli “vorkshop” shaklida seminari bo‘lib o‘tadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




