O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida 21 avgust kuni Boku shahrida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan biznes-forumda “Global Textile”, “TST Group”, “Anteks Group”, “TanTex Group”, “Alliance Textile”, “Zelal Tekstil” “Baraka Teks” kabi salohiyatli o‘zbek to‘qimachilik korxonalari faol ishtirok etdi.
Shu bilan birga, Ozarbayjonning “Iqtisodiy hududlarni rivojlantirish agentligi” vakillari bilan uchrashuvlar ham tashkil etildi. Shu kunga qadar ikkitomonlama davlat hududlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish loyihasi takliflari bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan edi.
Uchrashuv natijalari ko‘ra, endilikda Ozarbayjon hududida o‘zbek modeli asosida to‘qimachilik klasterlari yaratiladi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va amaliy ishlarni bajarishga start berildi.
Tashrifning ikkinchi kunida o‘zbek to‘qimachilik korxonalari Ozarbayjonda mavjud paxta xom ashyo yetishtiruvchi yirik “MKT”, “Azerpambiq” va “P-agro” kompaniyalar bilan paxta tolasini O‘zbekistonga import qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
O‘zbek to‘qimachilik korxonalari biri bo‘lgan “Anteks Group” MCHJ va “TanTex Group” MCHJ korxonalari Ozarbayjonning Mingechaur shahrida joylashgan erkin iqftisodiy zonasida ikkita ip-kalava ishlab chiqaruchi korxonalar ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




