“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida tajriba va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini almashish maqsadida 10 dan ortiq O‘zbekiston korxonalari uchun Bangladeshga ikkinchi biznes-missiyani tashkil etdi.
Biznes-missiya 28 iyuldan 2 avgustgacha davom etib, uning davomida O‘zbekiston korxonalari «Youngone», «Inditex» (Bangladeshda), «Renaissance Group» va «BGMEA» Bangladesh kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari va eksportyorlari uyushmasi hamda «Beximco Group» vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.
Shuningdek, tashrif doirasida kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalarga tashrif buyurib, Bangladeshdan tajribali ishchilarni sohadagi mahalliy korxonalarida ishlashga jalb etish bo‘yicha amaliy masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Ushbu tashrif bangladeshlik hamkorlar bilan qo‘shma ishlarni amalga oshirishga yordam beradi, o‘z navbvtida bu O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlaydi va mahsulot eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




