2022 yil natijalariga ko‘ra to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3.5 mlrd.dollarni tashkil qildi. So‘nggi besh yillik natijalar bilan taqqsolansa bu juda ham katta natija. Biroq, ayni damda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib kelgusida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 2 barobarga oshirish, va yillik 5 mlrd dollardan oshirish vazifasi tarmoq vakillarining asosiy maqsadiga aylangan.
Albatta, yangi bozorlarga kirishda faqatgina ekologik toza va sifatli O‘zbekiston paxtasidan mahsulot yetkazib berish bilan cheklanmay, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ular orqali global ishlab chiqarish zanjirigi qo‘lishilish muhimdir.
Ayni kunlarda dunyoning yirik viskoza ishlab chiqarish kompaniyasi vakillari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 30 dan ortiq mahalliy korxonalar ishtirokida viskoza va undan aralash matolar va mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Qiziqarlisi, bu kabi viskoza mahsuloti O‘zbekistonda juda ham kam miqdorda ishlab chiqariladi, bu esa mahsulot raqobatbardoshligiga ta’sir qilishi tabiiy. Chunki viskozadan ishlab chiqarilgan mahsulot tabiiy va xamyonbob hisobladi.
Ayni kunlarda, uyushma tomonidan yirik kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish va yangi investitsiya loyixalarini oshirish va bu orqali eksport salohiyatini oshirish yuzasidan bir qator ishlab olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 1-yarim yil yilligi bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mas’ul etib belgilangan loyihalar doirasida 53,2 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Mazkur ko‘rsatkich belgilangan rejaga nisbatan 110,6 foizga bajarildi.
Umumiy respublika bo‘yicha to‘qimachilik sohasida 1-yarim yil yakuni bilan 151 ta loyiha doirasida 437,0 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilib, jami 490,2 mln dollarni tashkil etdi. Joriy yilning 1-yarim yilligida umumiy qiymati 70,7 mln dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirilib, 3 110 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Jumladan, Qarshi shahrida “Kitob Ip Yigiruv” AJ (3,0 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Dexkonobod tumanida “Dexqonobod tekstil” MCHJ (“Baxt Tekstil” MCHJ) (8,0 mln dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Namangan shahrida “BALANSE TEX” MCHJ (1,0 mln dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari), Termiz shahrida “Indenim tekstil” MCHJ (4,0 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Shovot tumanida “Gurlan Global teks” MCHJ (2,0 mln.dona tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari) va boshqa loyihalar.
O‘zbekistonda viskoza ishlab chiqaruvchi korxonalar soni cheklangan, ammo aytish mumkinki, bu boradagi ishlar allaqachon boshlangan. Bunday korxona 2005 yildan beri faoliyat yuritayotgan Indago Garments hisoblanadi.
Asia Pacific Rayon kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda viskoza ishlab chiqarish nafaqat korxonalarning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish, balki respublika to‘qimachilik sanoatining yanada rivojlanishiga ham qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘z taqdimotlarini namoyish etdi.
Har ikki kompaniya vakillari o‘z taqdimotlarida O‘zbekiston mintaqaviy to‘qimachilik markaziga aylanish uchun katta salohiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladilar. Biroq, respublikada viskoza ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yishda yanada ko‘proq istiqbollar mavjud bo‘lib, bu respublika iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, assortimentni kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, to‘qimachilik mahsulotlarida qo‘llaniladigan tabiiy va biologik parchalanadigan viskoza ishlab chiqaruvchisi – Asia Pacific Rayon (APR) Osiyoda plantatsiyalardan viskoza tolasigacha bo‘lgan to‘liq integratsiyalashgan viskoza tolasi ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, quvvati 300 000 tonnani tashkil etadi. APR kompaniyasi Indoneziyaning yirik viskoza ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, duneda 2chi o‘rinda turadi.
Sateri – yiliga 1,8 million tonna viskoza tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Ular moda matolari va uy to‘qimasidan tortib, bolalar salfetkalari va go‘zallik maskalarigacha bo‘lgan hamma narsa uchun eng yaxshi va barqaror tolani taklif qilishadi.
Mutaxassislarning fikricha, tabiiy va sintetik tola ishlab chiqarishni rivojlantirish O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu nafaqat to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, balki uning sifatini oshirish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish imkonini beradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




