Bunyodkor” MCHJ tomonidan 21 ga maydonda 3 ta yirik loyiha ishga tushirilishi natijasida mingdan ortiq ish o‘rni yaratish va eksport hajmini 30 million dollarga oshirish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda Qashqadaryo hokimligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Koson sanoat zonasida Prezidentimizning 465-sonli 30.12.2022-sonli Farmoni asosida loyihalar amalga oshirilishi ishlari olib borilmoqda.
Qiymati 50 million dollarlik to‘qimachilik loyihasi yiliga 5200 tonna mato ishlab chiqarish tsexini kengaytirishdan bo‘yash, pardozlash, shuningdek, tayyor trikotaj buyumlarini tikish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishgacha bo‘lgan bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ushbu loyiha uchun Germaniya, Italiya, Turkiya va Tayvandan 14,4 million yevro miqdorida zamonaviy uskunalar sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
To‘qimachilik loyihasidan tashqari yana ikkita loyiha amalga oshiriladi. Ulardan biri qiymati 2,9 million dollarlik 5 ming tonna hajmida paxta chigitini qayta ishlash, va ikkinchisi 3 millionlik loyiha – sintetik paxta yog‘i ishlab chiqarishdir.
Ayni paytda ushbu loyihalar uchun sanoat zonasida yer ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan ikki bosqichli, umumiy qiymati 56 mln dollarga teng bo‘lgan “Gazlama ishlab chiqarish, bo‘yash, pardozlash va tayyor trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish” loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek,istikbolli loyixa sifatida suvni tozalash inshoati ham barpo etilishi kutilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




