2023 yil 13 iyul kuni Toshkentda “Better Cotton” dasturining barcha ishtirokchilari hamda asosiy hamkorlari uchun boshlang‘ich seminar o‘tkazadi.
Seminar “O‘zto‘qimachiliksanot” uyushmasi bilan hamkorlikda Jahon banki boshqaruvidagi Ko‘p tomonlama donorlar trast fondi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagilarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
– Ekologik toza manbalardan olingan paxta riteylerlar va brendlar uchun nimani anglatadi;
– Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish;
– Olingan saboqlarni baham ko‘rish.
Mutaxassislar paxta yetishtirish uchun ta’minot zanjiri shaffofligining ahamiyati haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Mahalliy ishtirokchilar va hamkorlar ishtirokidagi seminar 13 iyul kuni soat 14:30 da “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida sinxron tarjima qilish imkoniyati bilan barcha ishtirokchilar, ma’ruzachilar va trenerlar uchun qulay bo‘lishini ta’minlaydi. Dastur mutaxassislarining ishtiroki ZOOM platformasida gibrid formatda bo‘lib o‘tadi.
Atrof-muhitni yaxshilash, mamlakatimiz paxtachilik sohasi ishlab chiqaruvchilari va ishchilarining farovonligini oshirishga qiziqish bildirgan barchani seminarda ishtirok etishga taklif etamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun (+99871) 202-22-44 raqami orqali Uyushma “Yagona darcha”siga murojaat qiling.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




