“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati “Cotonella” kompaniyasi rahbari Renato Pragnalo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uning doirasida hozirda to‘qimachilik sanoatidagi olib borilayotgan islohotlar va investorlarga yaratilayotgan keng shart-sharoitlar haqidagi ma’umotlar Italiyalik mexmonlarga keng yoritib berildi.
Bu borada, “Cotonella” kompaniyasi rahbari Qashqadaryo viloyatida tayyor kiyim (ayollar ichki kiyimi) ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirish va shuningdek, ushbu loyiha uchun xozirda 2 mln dollar tug‘ridan-tug‘ri investitsiya mablag‘ini kiritish, ishlab chiqargan mahsulotining 100 foizini eksport qilish va maxalliy aholini ish bilan ta’minlashligini bildirdi. Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, kompaniyaning PR kampaniyasi o‘tkaziladi, so‘ng uning Albaniyadagi ishlab chiqarish korxonasini O‘zbekistonga ko‘chirish (relokatsiya), Albaniyalik texnologlar jalb qilish va O‘zbekistonlik ishchilarni o‘qitish ishlarini amalga oshirish maqsad qilingan. Shu bilan birga kiyim ishlab chiqarish hajmi 20 mln donaga yetkazilpdi va 500 kishigacha ish bilan ta’minlanadi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishga amaliy yordam berishga tayyorligi bildirib, tomonlar o‘rtasida yuqorida ko‘rsatilgan kelishuvlarni o‘z ichiga olgan Memorandumni imzolandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




