2021 yilda ESG atamasi trendlarni kuzatib boruvchi zamonaviy shaxsning lug‘atiga mustahkam kirib bordi. ESG qisqartmasi “ekologiya, ijtimoiy siyosat va korporativ boshqaruv” degan ma’noni anglatadi.
2023 yil 9 iyun kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Britaniyaning AKS Services Group hamda Igneous Solutions kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida ekologik, ijtimoiy va boshqaruv masalalari (ESG) bo‘yicha sanoat korxonalari uchun seminar o‘tkazdi.
Ta’kidlash joizki, Britaniyaning AKS Services Group kompaniyasi biznesni barqaror rivojlantirish, ekologik, ijtimoiy va boshqaruv tamoyillari sohasida tajribaga ega yetakchi konsalting firmasi hisoblanadi.
Biznesni barqaror rivojlantirish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan britaniyalik ESG eksperti Endryu Monkur o‘zining “ESG tamoyillarini to‘qimachilik sanoatiga integratsiyalash” taqdimotida ESG tamoyillarini sanoat korxonalarining biznes modellariga integratsiyalashning amaliy strategiyasini ochib berdi. Tadbirning asosiy maqsadi – sanoatni barqaror rivojlanishning jahon amaliyotiga moslashtirish va O‘zbekiston to‘qimachilik bozorining umumiy raqobatbardoshligi va barqarorligini oshirishdan iborat edi.
Samarali munozaralar natijalariga ko‘ra, ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, tadbir ishtirokchilari nafaqat ESG tamoyillarini aniq tushunishga, balki o‘z biznesidagi mavjud bo‘shliqlarni aniqlashga ham muvaffaq bo‘lishdi. Ijtimoiy mas’uliyatni oshirish, barqaror usullarni joriy etish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish strategiyalari haqida ma’lumotga ega ishtirokchilar jahon to‘qimachilik bozorida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashlariga ishonch bilan chiqishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




