Kuni kecha “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Istanbul texnika universiteti (Istanbul Technical University – ITU) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Aytib o‘tish kerakki, Istanbul texnik universiteti – notijorat davlat universiteti sifatida 1773 yilda Usmonli imperiyasining sultoni Mustafo II tomonidan Istanbulda tashkil etilgan bo‘lib, xozirgi vaqtda muhandislarni o‘qitadi va tayyorlaydi. Universitetda jami 12 fakultet, 37 xil bo‘lim va 5 institut mavjud.
Uchrashuv chog‘ida o‘zbek tomoni O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasi tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Va bu borada tomonlar ayni damda ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun tegishli mutaxassislarni, xususan, texnolog, mexanik, energetiklarni tayyorlash haqida muzokaralar o‘tkazdi.
Natijada, ko‘shma ta’lim faoliyat, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va texnologlarni tayyorlash uchun qo‘shma qisqa muddatli kurslarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




