Tadbir doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” ushyumasi potentsial hamkorlari bilan 8 ta uchrashuv va 3 ta Memorandum imzolandi.
2023 yil 25 aprel kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma markazida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ochilish marosimi va asosiy yalpi Majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasining har bir viloyati mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarining o‘z stendini namoyish etdi. Ta’kidlash joizki, mahalliy ishlab chiqaruvchilar stendlari xorijiy ishtirokchilar va ko‘rgazma mehmonlarining katta e’tiborini tortdi. Tegishli shartnomalar tuzildi.
Italiyaning ILOGIC strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Fabio Massimo Kachcharining so‘zlariga ko‘ra: “O‘zbekistonda albatta salohiyat mavjud. Biz innovatsiyalar, raqamlashtirish haqida gaplashdik va hozir o‘zimiz uchun shuni angladik: iqtisodiyotni yaxshilashga, ya’ni innovatsiyalar va raqamlashtirishni rivojlantirish orqali katta qiziqish mavjud. Bizning fikrimizcha, mavjud imkoniyatlar biz uchun albatta qiziq.”
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi potentsial sheriklar bilan bir qator muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik jihatlarini belgilab oldilar. Uchrashuvlar natijasida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi yoki imzolanishi rejalashtirildi.
Xususan, ILOGIC Srl (Italiya) Fabio Cacciatori bilan to‘qimachilik uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion IT-texnologiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlash va pilot loyiha uchun mahalliy korxonalarni aniqlash bo‘yicha muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Italiya konsuli Leonardo Komichi bilan shu yilning iyun oyi o‘rtalarida City of Prato shahriga biznes missiyasini tashkil etishga, va u yerda Italiyaning yetakchi moda brendlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishga kelishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




