Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda 14 aprel kuni soat 10:00 da Unversitet binosida talaba va o‘qituvchilar uchun “Raqamli to‘qimachilik” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Uyushma sanoatni yangi yo‘nalishda rivojlantirish bo‘yicha hamda Turkiyaning Osoft loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Seminarda marketing yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 2-3 kurs talabalari va o‘qituvchi professorlar ishtirok etdilar.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi shu kunga doir to‘qimachilik sohasida ko‘lga kiritgan yutuqlari va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar bergan bo‘lsa, Osoft dasturi rahbarlari loyihaning nechog‘li ishonchli va tezkor dasturiy infratuzilma sifatida ishlab chiqarishdagi biznes-jarayonlarni samarali boshqarishni ta’minlashi, resurslarni rejalashtirish, sotishni tashkil etish, byudjetlashtirish, buxgalteriya hisobi va elektron hisob-fakturalar kabi sohalarda yechimlari ekanligi taqdim etildi.
Loyiha asoschilari bu dasturlarni O‘zbekiston hududida ishga tushirishda seminarda ishtirok etayotgan talabalar kabi yosh mutahassis va kadrlar kerakligi va ularning malakasini oshirishda tayyor ekanligi haqida alohida to‘htalib o‘tishdi.
Seminar davomida ishtirokchilar Uyushma vakillari va loyiha asoschilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. E’tiborli jihati shundaki, seminarda ishtirok etgan talabalar unversitetning 2-3 kurslarida o‘qiyotgan bo‘lsalarda, O‘zbekiston iqtisodiyotiga befarq emasligi va to‘qimachilik sohasida ishlab chiqarishiga bo‘lgan qiziqishlari va xorijiy mehmonlarda iliq taasurot qoldirdi.
Jumladan, 3-kurs talabasi tomonidan berilgan, O‘zbekiston to‘qimachilik sohasi rivojlanish strategiyasi haqida savoliga Uyushma departamenti boshlig‘i Sh.Kuchkarova batafsil javob berdi. Bundan tashqari, hukumat tomonidan hozirgi kunda ishlab chiqaruvchilar uchun qanday imkoniyatlar yaratilganligi va ulardan foylalanish bo‘yicha berilgan savolga, oxirgi paytda qabul qilingan farmon va qarorlar, imtiyozlar tizimi va subsidiyalar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.
Bir soat davom etgan seminar savol-javob va muzokaralarga boy bo‘ldi. Seminar yakunida TDIU rahbariyati seminar ma’ruzachilarni Tashakkurnomalar bilan mukofotladi. Shu o‘rinda, Uyushma vakillari ham seminarda faol ishtirok etgan ishtrokchilarga estalik sovg‘alarini ulashdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




