Agar siz Germaniya yetkazib berish zanjiriga qo‘shilishga qiziqish bildirsangiz, ushbu e’lon aynan siz uchun.
Ochiq va barqaror savdoni targ‘ib qiluvchi dunyodagi yetakchi biznes amfori uyushmasi “Germaniyada yetkazib berish zanjiri to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishning oqibatlari” mavzusida bir qator vebinarlarni tashkil etdi (The Supply-Chain Knock-on Effects of the German Supply Chain Act). Vebinar Barqaror to‘qimachilik uyushmasi (Bündnis für nachhaltige Textilien) bilan hamkorlikda o‘tkazilmokda.
Vebinar davomida yetakchi nemis mutaxassislari yetkazib berish zanjirlarida Due Diligence bo‘yicha Germaniya qonuni ta’sir qilmaydigan kompaniyalarga ehtimoliy ta’sirlar, u bo‘yicha majburiyatlar va kompleks tekshiruv yuzasidan o‘z majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan amaliy vositalar haqida muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Vebinar 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish va vebirga ro‘yxatdan o‘tish uchun +9971 2022244 (187; 189) telefoni orqali “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida faoliyat yurgazib kelayotgan “Yagona darcha”ga murojaat qiling.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




