MTO Gaz-kimyo majmuasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining strategiyasi qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar – gazlama, kiyim-kechak, gilam mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqaradigan ko‘plab yangi to‘qimachilik tarmoqlari va fabrikalarini yaratishga qaratilgan.
Sohani nafaqat mahsulot turlarini kengaytirish, balki respublika uchun an’anaviy paxta o‘rnini bosuvchi mahsulot topish uchun mo‘ljallangan zarur va sifatli xom ashyo bilan ta’minlash tarmoq uchun muhim masaladir. Bu masalani hal qilish bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” kompaniyasi shug‘ullanmoqda.
MTO Gaz-kimyo majmuasi 2025 yilda ishga tushiriladi. U O‘zbekistonda polimer mahsulotlari, xususan, to‘qimachilik mahsulotlari – polietilentereftalat va polipropilen bo‘yicha eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylanadi.
Uyushmaga qo‘shilish orqali MTO GKM O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalari imkoniyatlarini polimer tolalarni xom ashyo sifatida qo‘llash orqali kengaytirish bo‘yicha kompleks dasturni taklif etadi. O‘zbekiston ichki bozoriga 220 ming tonna polietilentereftalat (to‘qimachilik navi), 150 ming tonna polipropilen yetkazib beriladi.
Boboqulov Sadiq Qo‘ziboyevich, “O‘zto‘qimachiliksanoat” aktsiyadorlik jamiyati Hududlarda to‘qimachilik sanoatini kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i:
“O‘zbekiston korxonalari xorijdan polimer materiallar olib kirishga majbur. O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchining paydo bo‘lishi vaziyatni o‘zgartiradi, sohaga yangi turtki beradi. Shu bilan birag yangi ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatga eksport komponentini o‘zgartirish imkonini yaratib beradi – xom ashyo o‘rniga nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda xaridorgir bo‘lgan tayyor mahsulotlar yetkazib beriladi”.
Yarqulov Azizjon Anvarovich, MTO GKM moliyaviy direktori:
“MTO Gaz-kimyo majmuasi to‘qimachilik sanoatining yangi tarmoqlari, kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish uchun asos bo‘lib, ishlab chiqarishni mamlakat ichida mahalliylashtirish imkonini beradi. Korxonamiz xom ashyosi yakuniy mahsuloti – xalq iste’moli va sanoat tovarlarini yaratishga ishlatiladi”.
Imzolash marosimida tomonlar keng ko‘lamli hamkorlik, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




