O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev siyosatining asosida insonga g‘amxo‘rlik qilish, O‘zbekiston aholisining ijtimoiy va moddiy ahvolini yaxshilash kabi tamoyiilar yotadi. Xodimlar va ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, inson huquqlarini hurmat qilish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda, jumladan, XMT qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi va tasdiqlandi, 2023-yil O‘zbekistonda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi.
Haroratning keskin pasayishi tufayli ko‘plab mamlakatlarni qamrab olgan energetika inqirozi O‘zbekistonda ham kuzatilmoqda. Mavjud fors-major vaziyat mamlakat rahbariyatini birinchi navbatda mamlakat aholisiga energiyani yetkzib berish, ularning normal hayot faoliyatini ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish tashabbusini ilgari surdi. Issiqlik elektr stantsiyalariga yuklanishning oldini olish maqsadida respublika korxonalari, jumladan, odamlar resurslariga boy bo‘lgan to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ayni paytda korxonalarning faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayni paytda korxonalarning faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu holat tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mahsulotlarni yetkazib berish muddatiga ta’sir qiladi. Ammo bu holatda insonga, uning sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish asosiy ustuvor jihatdir.
Shu munosabat bilan Uyushma kompaniyalarni insonparvarlik ko‘rsatishga va mahsulotlarni yetkazib berishda belgilangan muddatlardan chetga chiqish holatlarida keskin qarorlar qabul qilmaslikka va vaziyatni “fors-major” deb baholab, o‘zbekistonlik hamkorlarga jarima solmaslikka chaqiradi. Mamlakat hukumati tegishli idoralar bilan birgalikda korxonalarni tez kunlarda ishga tushirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




