Hozirda horijiy va maxalliy to‘qimachilik sanoati vakillarini bir savol qiziqtirmoqda. O‘zbekiston ip-kalava eksportidan voz kechadimi?
Davlatimiz rahbari to‘qimachilik sanoatiga doir chiqishlarida paxtani chuqur qayta ishlashni jadallashtirish va tayer mahsulot ulushini oshirish asosiy maqsad ekanligini bir necha bor ta’kidladi. Jumladan, 2022 yil
20 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatida ham Davlatimiz rahbari to‘qimachilik sanoatida eksport xajmini 1.5 barobarga oshirish, ya’ni 5 milliard dollarga yetkazish vazifasini ko‘ydi. Bunda mavjud GSP+ preferentsiyalaridan foydalanib Yevropa bozoriga 500 million dollar mahsulot eksportini yetkazib berish ustuvor vazifa ekanligi belgilandi.
Hukumat tomonidan paxta tolasi eksport qilishni to‘liq to‘xtatilishi ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishga olib keldi va yaxshi natijalarni berdi.
Ma’lumki, hozirda mavjud tizim ip-kalava chuqur qayta ishlash evaziga uni eksportini qisqartirish va bu jarayonni bosqichma bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5989-sonli Farmoniga bilan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni (bo‘yalgan trikotaj matodan tashqari) olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023 yil 1 yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan — 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan.
Agar raqamlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak Respublikada yetishtirilayetgan 1.1 mln.ton paxta tolasini Respublika ichida 100 % qayta ishlashga erishilgan. Biroq, ishlab chiqarilgan ip-kalavaning 40% qayta ishlab chiqariladi, qolgan 60 % eksportga yo‘naltirilmoqda. Respublika to‘qimachilik sanoati mahsulotlari eksportining 45 % ni ip-kalava mahsulotlari tashkil etadi. Asosiy bozorlar Turkiya, Xitoy, MDH davlatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
2023 yilda To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish strategiyasiga asosan mahsulot eksportini deyarli 1.5 barobarga oshirish eng avvalo ip-kalavani chuqur qayta ishlashni 60% ga yetkazish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, jumladan, uy tekstili va gilam mahsulotlarini ishlab chiqarishni jadallashtirish, sun’iy tolani qayta ishlashni yillik 80 ming tonnaga oshirish, 50 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlarni mahalliylashtirish va o‘zlashtirish evaziga erishish ko‘zda tutilgan.
Ayni damda, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi olib chiqishda 2023 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,1 AQSh dollari miqdorida yig‘im undirilmoqda
Dunyoda mavjud siyosiy va iqtisodiy jarayonlar tarmoq korxonalari faoliyatiga ta’sirini yumshatish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar, jumladan, yigiruv fabrikalari va klasterlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashqi bozorda raqobatbardoshligini saqlab qolish maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5989-sonli Farmonining 8b bandiga o‘zgartirish kiritish, ya’ni 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab eksport qilingan har bir kilogram ip-kalava uchun 0.05 AQSh dollari miqdorida yig‘im undirish va 2022 yil darajasini saqlab qolinishini ko‘zda tutuvchi Farmon loyihasi ishlab chiqildi, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi va tasdiqlash uchun taqdim etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




