Bugun Germaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi “Global Textile Group” kompaniyasiga tashrif tashkil etildi.
Xalqaro tashkilotlar va brendlarning O‘zbekiston bilan hamkorlikda to‘qimachilik sanoatiga qiziqishi ortib borayotganini qayd etish lozim. Xususan, paxta-to‘qimachilik klasterlari barqaror to‘qimachilik mahsulotlarini ishonchli yetkazib beruvchi sifatida taqdim etilgan.
“Barqarorlik va kuzatuvchanlik” tamoyillari “Global Textile Group” kompaniyasi faoliyatining asosiy mezonlari sifatida belgilangan. Davlat kotibiga kompaniyaning to‘liq ta’minot zanjiri taqdim etildi: daladan tayyor mahsulotgacha.
Germaniya tomoni O‘zbekiston Hukumatining fuqarolik jamiyatini shakllantirish va uning davlatdagi rolini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati barqarorlik va sifat jihatidan Germaniya va Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi qayd etildi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar:
– o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Germaniya va Yevropa Ittifoqi bozorlarida ilgari surish.
– ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida texnik qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish.
– ikki davlat hududida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va qo‘shma loyihalar yaratish.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




