2022-yil 9-noyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov va Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulotda va Muxtor elchisi Yusuf bin Salix al-Utaybi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil avgust oyidagi Saudiya Arabiston Podshohligiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi xamkorlikni, xususan to‘qimachilik sohasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga keng eshiklar ochib berishi ta’kidlandi.
Uyushma raisi tomonidan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati istiqbollari, mavjud imkoniyatlar, xamkorlik uchun yo‘nalishlar, xususan mexmonxonalar uchun to‘qimachilik mahsulotlari, exromlar yetkazib berish, Xaj va Umraga tashrif buyuruvchilar uchun to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish, gilam va bolalar kiyimlarini yetkazib berish bo‘yicha loyihalar tashkil qilish, Saudiya Arabistoni Podshohligi orqali Ko‘rfaz davlatlariga eksportni oshirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar bildirildi.
Elchi Yusuf bin Salix al-Utaybi uchrashuv uchun tashakkur izxor etib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni faol rivojlantirish uchun ikki davlat raxbarlarining uchrashuvi katta turtki bo‘lganini ta’kidladi.Davlat raxbarining tashabbusi, kafolat va imkoniyatlari tufayli mamlakatimizda qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhiti yaratilgani, 2022-2030 yillarda Saudiya Arabistoni Podshohligini rivojlantirish strategiyasi 2022-2026 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi maqsad va vazifalari bilan uyg‘unligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek elchi Ajlan & Bros, Al Abdul Karim Fashion kabi kompaniyalari bilan xamkorlikni kengaytirish hamda Neom shaxri mexmonxonalari uchun to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha aloqalar o‘rnatish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro xamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish va ikki davlat ishbilarmonlarining tashrifilarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




