Joriy yil 31 oktyabr – 2 noyabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Berbokning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilildi.
Tashrif doirasida 2 noyabr kuni Germaniya delegatsiyasi vakillari Samarqand viloyatidagi “Afrasiayb Jeans Textile” klaster tizimida ishlaydigan korxonaga tashrif buyurishdi. Ushbu korxona 80 turdagi jinsi matolarini ishlab chiqaradi va bir qator MDH va Osiyo davlatlariga eksportni amalga oshiradi.
Avvaliga mehmonlarga paxta ekish, yetishtirish, qayta ishlashdan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon videorolik orqali namoyish etildi. Korxona shourumida esa ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, delegatsiya vakillari uchun “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov tomonidan respublika to‘qimachilik sohasi bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.
Korxona bilan tashishar ekan, mehmonlar undagi barcha bosqichlarda nazorat qilish va yuqori sifatli mahsulotlarni kafolatlash imkonini beradigan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini, xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarini, korxonada o‘rnatilgan zamonaviy jihoz va uskunalarni ko‘rishlari mumkin edi.
Tashrif doirasida tashkil etilgan davra suhbati davomida Germaniyadan tashrif buyurgan mehmonlarga Xalqaro mehnat tashkiloti vakili Ya.Papa XMT hamkorligida O‘zbekistonda majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha 3-chi tomon monitoringi o‘tkazilganini, “Cotton Campain” xalqaro koalitsiyasi tomonidan “paxta boykoti” O‘zbekiston olib tashlanganligi va “Better work” dasturi respublikada amalga oshirilishi haqida gapirib o‘tdi.
Germaniya OAV vakillari uchun savol-javob o‘tkazildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




