O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasi “Bellegprom” kontserni raisi Tatyana Lugina bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uning doirasida O‘zbekistonda yengil sanoat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi muhim ma’lumotlar taqdim etilgani barobarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi. Xususan gilamchilik, aralash iplar va mato ishlab chiqarish, tayyor kiyim-kechaklar va yengil sanoat tarmog‘i, shuningdek, boshqa mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish va savdo-sotiq ko‘lamini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida kontsern rahbariyati va a’zolari shu yilning 11-14 oktyabr kunlari poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Toshkent to‘qimachilik haftaligiga taklif qilindi.
“Bellegprom” kontserni raisi, o‘z navbatida, belaruslik ishlab chiqaruvchilar va kontsern vakillari ushbu tadbirda faol ishtirok etishlarini bildirdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




