28 avgust kuni Qamashi tumani Navoiy MFYda joylashgan Paxta qabul qilish terminali binosining bo‘sh turgan 1 gektar yer maydoniga “QAMASHI TEKSTIL” MCHJ korxonasi tomonidan umumiy qiymati 10,0 mlrd so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish quvvati 10,0 mln.dona bo‘lgan investitsiya loyihasi asosida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyiha asosida ishga tushirilgan ob’yektning to‘liq quvvatda ishga tushirilishi natijasida hududdagi 300 nafar ishsiz yoshlar va ayollar ish bilan ta’minlandi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning teng yarmi eksport qilinishi rejalashtirilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




