Joriy yilning 15 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi elchixonasi ko‘magida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Singapurning to‘qimachilik va moda federatsiyasi “Taff” o‘rtasida onlayn formatda muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokarada Singapurning to‘qimachilik va moda federatsiyasi bosh rahbari S.Xo, Rivojlanish va sanoat bilan hamkorlik bo‘yicha direktor L.Chu va “Teo Garments” boshqaruvi prezidenti va boshqaruvchi direktori U.Teo ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: Singapur To‘qimachilik va moda federatsiyasi “Taff” Singapurdagi yagona to‘qimachilik va moda sanoati federatsiyasi bo‘lib, federatsiya a’zolariga manfaatdor xorijiy tashkilot va korxonalar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishda ko‘maklashish, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishda faol rol o‘ynaydi.
Singapur tomon O‘zbekiston bilan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirdi:
🔸O‘zbekiston paxta mahsuloti uchun alternativ resurs markazi sifatida baholamoqda va mustahkam barqarorlik biznes uchun yaxshi tendentsiya ekanligi ta’kidlandi;
🔸O‘zbekiston-Singapur ishbilarmonlari o‘rtasida muntazam ravishda onlayn formatda “business matching” lar o‘tkazish;
🔸The Bridge Fashion Incubator (TBFI) doirasida tajriba almashish va mutaxassislarni tayyorlash.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




