Janubiy Koreya delegatsiyasi tarkibidagi Kyonsan-Pukto provintsiyasi, DGMC, ILSONG MACHINERY Co.LTD (http://xn--c-1tb.ltd) kompaniyalari vakillari 8-10 avgust kunlari bir qator mahalliy to‘qimachilik korxonalariga tashrif buyurishdi.
Aytish joizki, Kyonsan-Pukto provintsiyasi to‘qimachilik va tayyor kiyim, texnologiyalarni ishlab chiqarish va innovatsiyalarni tatbiq etishda yetakchi hisoblanadi, DGMC (Daegu-Gyeongbuk Machinery Cooperative) Koreyada joylashgan 600 dan ortiq mashinasozlik ishlab chiqaruvchilarining uyushmasidir, ILSONG MACHINERY CO.LTD esa, 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asbob-uskunalar va xomashyolar ulgurji savdosi sanoatining bir qismidir.
O‘zbekistonning eng yetakchi va ilg‘or “Uztex Group”, “ZELAL Textile, “REAL TEX TASNKENT, va “Bakan Tex” korxonalari yangi texnologiyalar bilan jihozlanganligi, xizmat ko‘rsatish jahon standartlariga javob berishi, ulardagi faoliyat, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar koreyalik mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
Shuningdek, tashrif vaqtida, Koreya kompaniya vakillari yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalar bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayonini yanada optimallashtirish yuzasidan tavsiya berishdi.
Shu bilan bir qatorda, Koreyaning “KCC Precision”, “KeonBaek Co., Ltd.» va “World Energy” kompaniyalari taqdimoti davomida to‘qimachilik uskunalari, ularning ehtiyot qismlari, sovitish sistemasi, bo‘yoq korxonalari uchun suvni qayta ishlash, poliyefir tola ishlab chiqarish uskunalari va elektr tejamkorlik uskunalari taqdimotlarini o‘tkazdilar.
Natijada, o‘zbek mahalliy korxonalarini Koreyaning “KCC Precision” kompaniyasida ishlab chiqarishda uskunalar uchun ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘yicha, “KeonBaek Co., Ltd.» kompaniyasi ekologik sintetik tola ishlab chiqarish texnologiyasi katta qiziqish uyg‘otdi.
Koreya delegatsiya vakillari mahalliy korxonalarga bo‘lgan tashrifdan, ularning iliq va do‘stona qabuldan mamnun bo‘ldilar hamda kelajakdagi ikki tomonlama hamkorliklarga umid bildirdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




