“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi tarmoq korxonalarida ishlab kelayotgan ishchi xizmatchilar diqqatiga!
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlangan.
Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun tulov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot (vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab berilishi ta’minlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil
9 iyundagi “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash xaqida”gi 322-sonli qarori bilan tarmoq yo‘nalashlari bo‘yicha mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish belgilangan.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20 iyundan – 1 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- Tarmoq korxonalari rahbariyati nomidan nomzodlar butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati;
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma (muhr, imzo);
- nomzodlar pasport nusxasi;
- nomzodning ma’lumotnomasi (ob’yektivka);
- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari.
Murojaat uchun tel.
71 202 22 44 (147, 169)
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




