2022 yil 21 iyun kuni Germaniyada (Frankfurt-Maynda) sanoatdagi eng muhim global tadbirlardan biri bo‘lgan Messe Frankfurtning «Heimtextil» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ushbu korgazma o‘zining yangi mahsulotlari va tendentsiyalari bilan kelgusi mavsumni ochadi va ko‘rgazma kompaniyalari va butun dunyodan tashrif buyuruvchilarga muhim turtki beradi.
Ma’lumot uchun: «Heimtextil» 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun to‘qimachilik va moda sohalarida innovatsiyalar va o‘zgarishlarni jadallashtirishni maqsad qilgan Messe Frankfurt Texpertise Network tarkibiga kiradi.
Har yili ko‘rgazma butun dunyo bo‘ylab 60 000 savdo tashrif buyuruvchilarni va 2 900 dan ortiq eksponentlarni jalb qiladi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Frankfurt-Mayn shahridagi O‘zbekiston konsulligi bilan birgalikda 16 ta mahalliy korxona ishtiroki tashkil qilindi.
Shuningdek, ko‘rgazmaga 30 ta korxona vakillari jumladan, NT Holding, Khantex, Art Soft Tex, Sam Rafoat, Bahmal Group va boshqalar tashrif buyurishdi.
Ishtirokchi barcha korxonalar vakillari barqaror rivojlanish, «Yashil iqtisodiyot», atrof-muhitni muhofaza qilish va «Kelajak materiallari» kabi dolzarb yo‘nalishlarga qiziqish bildirmoqda.
Ko‘rgazma 2022 yil 23 iyungacha davom etadi. Ko‘rgazma davomida mamlakatimiz korxonalari va xorijiy hamkorlar o‘rtasida shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




