Joriy yil 15 iyun kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi binosida uyushma raisi o‘rinbosari M.Djumaniyazov va Pokiston davlatida joylashgan yirik kompaniyalardan biri “MM Ellahi Traders” boshqaruv direktori Manzur Ellahi (Manzoor Ellahi) ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida M.Djumaniyazov O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishi hamda sanoatdagi o‘rni haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, Pokiston to‘qimachilik sanoatida yuqori malakali texnologlar mavjud bo‘lgan davlatlardan biri ekanligi, va texnologlar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalariga jalb qilinganligini ta’kidladi. To‘qimachilik va tikuvchilik va trikotaj sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Pokiston kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishni aytib o‘tdi.
Janob Manzur Ellahi (Manzoor Ellahi) O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatiga qiziqishi yuqori ekanligi, O‘zbekiston paxta tolasining sifati dunyo bozorlarida o‘z obro‘siga ega ekanligi hamda bugungi kunda to‘qimachilik va tayyor mahsulotlarini jahon bozorlarida o‘z xaridorini hurmatini qozonib borayotganligi ta’kidlab o‘tdi.
Janob Manzur Ellahi so‘zini davomida O‘zbekistonda to‘qimachilik bo‘yicha loyiha amalga oshirishga o‘z qiziqishi borligini bildirdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




