Misr Arab Respublikasidagi O‘zbekiston elchixonasi va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Mahalliy to‘qimachilik korxonalar bilan hamkorlikdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Unda mahalliy to‘qimachilik korxonalarimizdan UZTEX, OSTEX, Art Soft Holding, Baxodir Logʼon Textile, Global Textile, Sam Rafoat Textile, Posco international Textile, Namagan Toʼqimachi, Jizzakh Textile, Ideal, Haj-Textile vakillari qatnashdi va Misr hududida to‘qimachilik korxonalar vakolatxonalarini ochish bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etildi.
VKA shaklidagi majlisi yakunlari bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:
🔸 Misr bozoriga kirishda asosiy talablar va marketing o‘rganishlarini korxonalarga taqdim etib borish;
🔸 Transport va Logistika masalasida ko‘maklash va muqobil marshrutlarni shakllantirish (hozirgi kunda O‘zbekistondan Misr bozoriga mahsulot eksport qilishda 5%-60% boj to‘lovi mavjud. Misr – AQSh, Turkiya, Afrika, Arab davlatlari bilan erkin iqtisodiy tizimi bitimi mavjud) va arzon mahsulot yetkazib berish, mahsulotning tan narxini tushirish va erkin raqobatbardosh muhit yaratish masalalari ko‘rib chiqish.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




