2022 yil yanvar-may yakuni bilan sohada quyidagilarga erishildi.
Joriy yilning yanvar-aprel yakuniga ko‘ra soha korxonalari tomonidan jami 438 ming tonnadan ortiq paxta tolasi o‘zlashtirildi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 29 trln.so‘m (o‘sish sur’ati – 112 foiz)ni tashkil etdi.
Jumladan;
- ip kalava – 354 ming tonna (104 foiz),
- ip gazlama – 315 mln kv.metr (103 foiz),
- trikotaj mato – 91 ming tonna (130 foiz),
- paypoq mahsulotlari – 160 mln juft (107 foiz),
- tikuv-trikotaj mahsulotlari – 998 mln.dona (151 foiz) ishlab chiqarildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 36 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 212,6 mlrd.so‘mlik tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarildi.
Eksport xajmi 1,4 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 124 foiz o‘sish sur’atlari ta’minlandi.
Investitsiya dasturi doirasida 17 ta loyiha bo‘yicha 136,5 mln. dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xajmi 67,8 mln.dollarni tashkil etdi.
Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida umumiy qiymati 75 mln.dollarga teng jami 12 ta loyihalar amalga oshirilib 3 800 ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




