🔷Bugun mehmonlarning bir qismi Andijon viloyatidagi “SAMO” va “Fayz-M” korxonalariga borib, korxona rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishdi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishib chiqishdi.
🔷“NIL-GRANIT” (“SAMO”) – trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega zamonaviy dinamik rivojlanayotgan korxonadir. Hozirgi vaqtda assortimentda butun oila uchun turli xil ranglar va naqshlardagi, to‘liq o‘lchamdagi 400 dan ortiq mahsulot modellari mavjud.
🔷“FAYZ-M” brendi ishlab chiqarishda ekologik toza xom ashyolardan foydalanadi. Korxonada mahsulotlar paxta tolasini chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq tsikladan o‘tadi.
✅Ushbu korxonalar va mahsulotlari misrlik mehmonlarda katta taasurot qoldirdi va kelajakda hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




