Vodiy durdonasi deya e’tirof etilayotgan “Global Textile Infinity” korxonasi faoliyatiga barchaning nigohi qadalgani sir emas.
Viloyat Xokimlari va vazirlik va idoralar rahbarlarining “Global Textile Infinity” korxonasi tashrifi
Davlat rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi mobaynida ushbu paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishar ekan, klaster faoliyati namuna bo‘lishi va barcha xokimlar ushbu tajribani o‘rganishi va hududlarda joriy qilishi aytilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Global Textile Infinity” korxonasi bilan tanishdi
Joriy yilning 21 may kuni Bosh Vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyev va Respublikamizning barcha xokimliklari rahbarlari hamda Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar mutasaddilari Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan “Global Textile Infinity” korxonasiga tashkil etilgan turda ishtirok etdilar.
Ta’kidlash kerakki, barcha Xokimlarni ishtirokidaga tur ilk bora tashkil etilmoqda.
Viloyat xokimi X.Bozorov va korxona raxbari M.Razzakov tur ishtirokchilarini qarshilashdi va korxonaning faoliyati bilan batafsil tanishtirishdi.
Viloyat Xokimlari va vazirlik va idoralar rahbarlarining “Global Textile Infinity” korxonasi tashrifi
Mehmonlarga ishlab chiqarish quvvatlari va trikotaj tsexining yangi liniyasi ishga tushirilgani ko‘rsatildi, bo‘yash tsexining ishlab chiqarish jarayonlari va rang palitralarini ko‘paytirish va bo‘yalgan trikotaj matolar sifatini nazorat qilish laboratoriyalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, mehmonlar korporativ ko‘rgazma misolida klaster tizimining ishlash tamoyilini, R-Line milliy brendning yangi liniyasini, shuningdek, rentabellikni oshirish va ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishda sezilarli natijalarga erishish imkonini beruvchi eng innovatsion va ilg‘or energiya tejovchi texnologiyalarini o‘zida jamlagan “Global Textile Infinity” yangi keng ko‘lamli loyihasini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
Korxona rahbarlari Prezident tashabbuslari va siyosati bilan hamoxang ravishda ish olib borishni rejalashtirishgan. Masalan, korxona o‘zining bosh maqsadi sifatida yangi ish o‘rinlarini yaratish va mahallani qo‘llab-quvvatlashni belgilagan, bunda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” ga kirgan aholi qatlamiga alohida e’tibor berishmoqda.
Dasturga muvofiq, korxona joylashgan hududga yaqin mahallalarni obodonlashtirish, aholi uchun elektr tarmog‘i liniyasini o‘tkazish, ichimlik suvi tortib kelish, ko‘chalarni asfalt qilish, bog‘cha va maktablar qurish, barcha yo‘l belgilarni o‘rnatish, shahar markaziga borish marshrutlarini shakllantirish, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish va issiqxonalarni aholi uchun yaratish, profilaktika inspektorlarini elektroskuterlar bilan ta’minlash, yo shlar uchun uquv markazlari qurish, maishiy chiqindilarni qayta ishlash va muqobil elektr energiya manbalari joriy etish ko‘zda tutilgan.
Tur yakunda mehmonlarga 2022-2023 yillarda korxona tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishdilar.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati
t. 71 202 22 44 (137,189)
email. callcenter@uzts.uz
Web: uzts.uz
Instagram: instagram.com/uzts.uz
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




