🔶2022 yil 8-15 may kunlari Germaniyaning Shtutgart va Frankfurt shaharlariga O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan mahalliy to‘qimachilik korxonalari ishtirokida Germaniyaning brendlari bilan hamkorlikda Biznes missiya tashkil etildi. Ushbu missiyadan kutilayotgan maqsad – mahalliy ishlab chiqaruvchilarni global to‘qimachilik zanjiriga qo‘shish, xalqaro riteylerlar bilan xamkorlikni kengaytirish va xalqaro brendlar bilan xamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.
🔷O‘zbek paxtasidan “boykot” olinganligi va respublikamiz huqumati tomonidan eksportchi to‘qimachilik korxonalar bilan ishlashda bir qator imtiyozlar berilganligi sababli, Germaniyaning bir qator brendlari, riteyllari va moliyaviy tashkilotlari O‘zbekiston tomonidan berilgan takliflariga katta juda katta qiziqish bildirishdi va mahalliy korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatishga va birgalikda ishlashga tayyor ekanligini bildirishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




