2022 yil 20 aprel kuni S.U. Umurzakov raisligida Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 29-son bayoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 6 apreldagi PF–97-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Hukumat komissiyasi qaror e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
2022 yil 1 apreldan boshlab eksport qilingan, mazkur bayonga 1-ilovaga muvofiq yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizgacha, qo‘shni davlatlarga eksport qilishda 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilish tizimi bir yil muddatga etildi.
Kompensatsiya miqdori, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 oktyabrdagi 618-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda, biroq, mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilinganda ushbu bayonning 2-4-ilovalari, qo‘shni davlatlarga eksport qilinganda 5-7-ilovalarida ko‘rsatilgan subsidiyalarning qat’iy belgilangan miqdorlariga muvofiq mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishidan kelib chiqqan holda hisoblanadi;
eksport qiluvchilar mazkur tizimga muvofiq kompensatsiyalar olish uchun 2023 yil 1 aprelga qadar eksport qilgan mahsulotlar bo‘yicha belgilangan tartibda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga murojaat qilishlari mumkin.
Mazkur bayon bilan belgilangan tartib mazmun va mohiyatini tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilishini hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ro‘yxati Eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona portalida (www.exportportali.uz) e’lon qilingan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




