Namangan viloyati tekstil-trikotaj korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar o‘z sifati va zamonaviyligi bilan xorijda xaridorgir. Buni bugun yangi zamonaviy tikuv tsexini foydalanishga topshirayotgan «CHUST TEXTILE» to‘qimachilik va tikuvchilik korxonasi misolida ko‘rishimiz mumkin.
Uning eksport geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Mahsulotlar Yevropa va MDH davlatlari, Amerika va Kanadaga bozorlaridan mustahkam joy egallab ulgurgan. O‘tgan 2 yil mobaynida korxona tomonidan qariyb 23 million dollar miqdorida trikotaj maxsulotlari eksport qilindi.
Fabrikaning 10,5 million dollar investitsiya evaziga ikki bosqichda ishga tushirilgan ikkita majmuida 1 ming 300 kishi mehnat qilayotgandi. Bugun 3,5 million dollar evaziga foydalanishga topshirilgan uchinchi bosqichni ishga tushishi natijasida yana 700 kishi ishli bo‘ldi.
Korxona binolari ko‘p materiallar sarflanmay, angar usulida barpo etilgan bo‘lib, qurilishning o‘zidan 6 million dollar iqtisod qilingani e’tiborga sazovor. Korxona joriy yil yakuniga ko‘ra jami 20 mln. dollarlik eksport qilishni ko‘zlamokda. Bu o‘tgan 2021 yilga nisbatan 45%ga ko‘pdir. Jami uch bosqichda 14 million dollar miqdoridagi investitsiyani o‘zlashtirilishi ish o‘rnini 2000 taga yetkazdi.
Ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Media Departament
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




