«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan dual ta’lim mexanizmidan foydalangan holda (nazariy qismi ta’lim muassasasi negizida, amaliy qism korxonada) yosh talabalarning qobiliyatini va salohiyatini to‘liq ochib berish borasida bir qator ishlar amalga oshirdi.
Misol uchun, Uyushma negizida 12 nafar talaba amaliy tajriba orttirmoqda, mustaqil ko‘nikmalar va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirmoqda, shu jumladan oylik 35 million so‘mdan ortiq maosh olgan holda moliyaviy mustaqillikka erishmoqda.
Talabalarning ish jarayoni «ustoz-shogird» uslubiga muvofiq tashkillashtirilib, kasbiy vazifalar va mas’uliyat ish faoliyati namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mahsulot eksporti, tashqi iqtisodiy faoliyat va buxgalteriya yo‘nalishlarida ishlashga tashabbuskorligi va katta qiziqish ko‘rsatayotgan faol talabalarni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Ahmedov Saidaxmad – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Iqtisodiyot yo‘nalishining 2-bosqich talabasi. Saidaxmad 2021 yil iyul oyida Eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasiga stajer sifatida qabul qilingan eng yaxshi ishchilardan biri. U o‘zini tashabbuskorligi va faolligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ishida alohida muvaffaqiyatlarga ega.
Sultonbekova Raximaxon – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Iqtisodiyot yo‘nalishining 2-bosqich talabasi. Raximaxon Uyushmaning Buxgalteriyasida, Bosh buxgalterning murabbiyligida moliyaviy hisobot bo‘yicha tajriba orttirmoqda. O‘zini tez o‘rganuvchi, mas’uliyatli xodim sifatida ko‘rsatdi.
Abduraximov Abdulaziz – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistraturasining Texnologik mashinalar va jihozlar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. U 2021 yil fevral oyida buyon Protokol va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘limida ishlab kelmoqda, Uyushmaning barcha tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etib, qisqa muddatlarda ham a’lo daraja ishlay olishini namoyon qildi.
Sharofiddinov Shohruh – Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasining Biznes tahlil yo‘nalishining 1-bosqich talabasi. Shohruh 2022 yildagi Iqtisodiy tahlil va audit Olimpiadasi g‘olibi. Respublika Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan fan Olimpiadasi faxrli 2chi o‘rinni egalladi. Ayni paytda Shohruh Uyushmaning Buxgalteriyasida ishlab, To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamg‘armasi faoliyatini olib borishda o‘z bilim va tajribasini oshirib bormoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




