Birinchi Toshkent Xalkaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar o‘z ishini davom ettirmoqda, va 25 mart kuni erta tongdan Biznes-nonushta formatidagi anjumanida “Paxta boykotidan xoli: o‘zbek to‘qimachilik sanoati uchun yangi marralar va imkoniyatlar” mavzusida forum tashkil etildi.
Pandemiyadan sung barchani yuzma-yuz karshilash va shu bilan birgalikda istikboldagi yangi loyixalarga muxokama kilish imkoniyatini taqdim etayotgan Toshkent Xalkaro investitsiya forumida aloxida e’tibor to‘qimachilik va yengil sanoatning rivojlanishiga qaratilmoqda. Bunga sabab aynan to‘qimachilik sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining drayverlaridan biri xisoblanishidir.
Biznes nonushtaning tashkilotchilari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi anjuman mavzusini “Paxta boykotidan xoli ya’ni Free of cotton pledge” deya nomlashdi. Bu albatta bejiz emas, chunki aynan mart oyi o‘zbek to‘qimachilik sanoati vakillari uchun tarixiy sana bo‘di – Xalqaro mexnat tashkiloti O‘zbekistonda majburiy mehnatga barxam berilgani va Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi tomonidan 12 yildan oshiq davr mobaynida davom etgan “paxta boykoti” ga barham berilganligi e’lon qilindi.
Aytib o‘tish kerakki, so‘nggi besh yilda barcha jabhalarda bo‘lgani kabi to‘qimachilik sanoatida ham keskin o‘zgarishlar yuz berdi, va bu islohotlar davom etmoqda. Anjuman doirasida O‘zbek to‘qimachilik sanoatining rivojlanish nuqtalari, istiqboldagi loyihalar va xalqaro bozorlarga chiqish xaqida suhbat olib borildi.
Tadbirda bir qator xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar ishtirok etishdi, jumladan, Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa Komissiyasining O‘zbekistondagi missiyasi, Xalqaro savdo markazi, Germaniyang GIZ tashkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BCI tashkiloti, Xalqaro mexnat tashkiloti, Bangladesh savdo vaziri va vazirlik vakillari, Bangladesh to‘qimachilik va jut vaziri va vazirklik vakillari, Bellegprom kontserni, Koreya to‘qimachilik texnologiyalari instituti, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi va boshqa turli darajadagi Italiya, Ispaniya, Singapur, Tojikiston, Turkiya, AQSh, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan ishtirok etishdi.
Asosiy spikerlar – Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi loyixa raxbari Mariya Teresa Pisani, Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi charm loyixalari raxbari Debora Teylor, Xalqaro moliya korporatsiyasi xududiy loyihalar rahbari Ashraf Megaxed, Indorama Agro Dipak Rayna, Global Textile Group of Companies Muzaffar Razzakov to‘qimachilik sanoati va sohada barqaror ishlab chiqarish zanjirini tashkil etish masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdilar.
Xususan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov “Irbis Jupm – to‘qimachilik sanoatini yangi rivojlanish strategiyasi” ishlab chiqilayetgani va bugungi jahon bozoriga eshiklar ochilayetganini bir paytda soha vakillari bundan unumli foydalanishlari kerakligini ta’kidladi. Shu bilan birgalikda to‘qimachilik sanoatida “yashil iqtisodiyot”, “raqamli iqtisodiyet”, “barqarorlik va ochiqlik”, “eko maxsulot” kabi yo‘nalishlarga keng e’tibor berilishi ta’kidlandi.
UNECE vakillari to‘qimachilik va charm sanoatida barqarorlikni ta’minlash va “yaxshi mexnat” tamoyili asosida korxonalarda ish olib borish muximligi xaqida tuxtalib o‘tishdi.
Dipak Rayna va Muzaffar Razzakovlar to‘qimachilik sanoatining rivojlanish nuqtasi hisoblangan paxta-to‘qimachilik klasterlari rivojlanishi va bunda o‘zbek to‘qimachilik korxonalarga yaratilgan imkoniyatlar xaqida investorlarga atroflicha so‘zlab berishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




