Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston paxta terimi mobaynida butunlay bolalar va majburiy mehnatdan holi davlat ekanligini e’lon qildi.
Bu o‘zbek to‘qimachilik sanoati vakillari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi va xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirishda muhim turtki bo‘lishi mumkin.
Joriy yilning 1 mart kuni XMTning O‘zbekistonda 2021 yilda «Uchinchi tomon monitoringi»ning paxta terimida kuzatuvi natijalari yuzasidan onlayn brifingi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublika Oliy majlisi Senati raisi T.Narbayeva, Jahon bankining Yevropa va Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti A.Berde, AQShning O‘zbekistondagi elchisi D.Rozemblyum, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Shartolla Adrian va XMTning turli darajadagi rahbarlari va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
«Uchinchi tomon monitoringi» loyihasining bosh mutaxassisi Yonas Astrup O‘zbekistonda 2021 yilda amalga oshirilgan monitoring natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra Hukumat tomonidan majburiy mehnatga barham berishga qaratilgan siyosat natija berdi va ularga ko‘ra O‘zbekiston bolalar va majburiy mehnatdan butunlay holi ekanligini Xalqaro kuzatuvchilar tan oldi.
2021 yilda 11 mingdan ziyod terimchilar bilan suhbat o‘tkazilgan. Bevosita terim jarayonida ularga yaratilgan shart sharoitlar, ayollar uchun qulayliklar, mehnatga haq to‘lash va terimchilar uchun yashash sharoitlari bilan xalqaro va mahalliy ekspertlar nazorat olib borishgan.
Bu Jahon banki bilan kelishuvga asosan 2015 yildan buyon mamlakatdagi paxta hosilini monitoring qilib kelayotgan XMTning monitoring loyihasining eng so‘nggisidir. Suhbatda qatnashgan paxtakorlarning aksariyati 2020 yildan beri mehnat sharoitlari yaxshilanganini aytishgan.
Faqat ularning besh foizi sharoitlar oldingi yilga qaraganda yomonroq ekanini aytgan. Bu transport, oziq-ovqat, suvdan foydalanish, gigiyena va boshqa vositalar bilan bog‘liq. Hisobotga ko‘ra, mamlakatdagi mehnatga layoqatli yoshdagi har sakkizinchi kishi yig‘im-terimda qatnashgan bo‘lib, bu dunyoda eng yirik ko‘rsatkich hisoblanadi.
Terimchilarning qariyb 62 foizi ayollar va qizlar bo‘lib, ularning katta qismi qishloqlardan edi.
«Bizning hamkorligimiz yaxshi natijalar berdi, chunki yetti yil o‘tib, bu yilgi hisobot o‘zbek paxtasi bolalar va majburiy mehnatdan holi ekanligini ko‘rsatdi», dedi XMT bosh direktori Gay Rayder. «Endilikda mamlakatda qo‘shimcha qiymat zanjiri bo‘yicha yuqoriga ko‘tarilish maqsadini amalga oshirish va to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida millionlab munosib va to‘liq ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati mavjud».
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish bo‘yicha islohotlar amalga oshirildi. Bu qishloq xo‘jaligida keng tarqalgan mehnat va majburiy mehnatga barham berishga zamin yaratdi.
«Bu islohotlar xalqimizga, iqtisodiyotimizga foyda keltirishi uchun amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligi uchun davlat buyurtmalari tizimining bekor qilingani muhim nuqta bo‘ldi, lekin biz bu bilan cheklanib qolmadik», – dedi Senat raisi, Majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish milliy komissiyasi rahbari Tanzila Narbeyeva. «Biz mehnat huquqlari haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini kuchaytirdik. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi aholiga ham, ish beruvchilarga ham tushuntirildi. Biz bolalar mehnati va majburiy mehnatni jinoyat, deb tan oldik. Biz mehnat inspektsiyasini kuchaytirdik va umumiy fikr va yechimlarni aniqlash uchun fuqarolik jamiyati bilan muloqot qildik».
Qishloq xo‘jaligi sohasida bolalar mehnati hamda majburiy mehnatning barham topishida paxta to‘qimachilik sohasidagi yirik korxonalar va klasterlari ulkan hissa qo‘shdi. Chunki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan paxta terimini tashkil etishda ushbu soha vakillari mehnat bozorini shakllantirdi. Bu esa majburiy mehnatga barham berib, ish haqi evaziga yollanib ishlovchilar ko‘payishiga yo‘l ochdi.
AQShning XMT TPM loyihasining bosh texnik maslahatchisi Jonas Astrupning aytishicha, kuzatuvchilar mamlakatda mehnat bozorining demokratlashuvidan dalolat beruvchi yangi o‘zgarishlarni ko‘rmoqda. Birinchi marta eng kam ish haqi miqdori nafaqat hukumat, balki AQSh kasaba uyushmalari va ish beruvchilar bilan ham maslahatlashilgan. Shuningdek, biz boshlang‘ich darajadagi jamoaviy bitimlarning rivojlanayotgan tendentsiyasini ko‘rmoqdamiz. Terimchilar norasmiy maoshlar uchun fermerlar va to‘qimachilik klasterlari bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ko‘plab terimchilar eng kam ish haqidan ancha yuqori maosh ola boshladi.»
Bir necha yildan buyon XMT bilan konchilikni monitoring qilib kelayotgan mustaqil huquq himoyachisi Shuhrat G‘aniyev shunday dedi: «Biz munosib ish o‘rinlari yaratishga e’tibor qaratishimiz kerak. O‘zbekistonda odamlarga munosib mehnat sharoitlari bo‘lgan ish va yaxshi ish haqi kerak. Bunga erishish uchun bizga AQShdan zarur resurslarni jalb qila oladigan xalqaro brendlar va me’yorlashtiruvchilar kerak».
Xalqaro mehnat tashkilotining uchinchi tomon monitoringi loyihasi Yevropa Ittifoqi, AQSh Davlat departamenti, Shveytsariya va Germaniya hukumatlari homiyligida amalga oshirilmoqda.
U joriy yilning may oyida tugaydi va AQSh hukumati, ishchilar va ish beruvchilar tashkilotlari iltimosiga binoan «Better Work» dasturining texnik-iqtisodiy asoslanishi orqali amalga oshiriladi. «Better Work» dasturi XMT va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi qo‘shma tashabbusdir.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




