2022 yil yanvar-fevral oylari yakuni bo‘yicha to‘qimachilik korxonalari tomonidan jami 188,4 ming. tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlandi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10,7 trln.so‘m (o‘sish sur’ati – 121 foiz), shundan Uyushmaga a’zo korxonalar tomonidan 5,8 trln. so‘mlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi.
jumladan: 139,2 ming tonna kalava ipi (103,6%), 115 mln. kv m. gazlama (102,2 %), 34,3 ming tonna trikotaj mato (111%), 68,6 mln juft paypoq mahsulotlari (101.8 %), 345,1 mln. dona tikuv-trikotaj mahsulotlari (122,8 %) ishlab chiqarildi.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmi 525,9 mln. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 130 foiz o‘sish sur’atlari ta’minlandi.
Investitsiya dasturi doirasida 17 ta loyiha bo‘yicha 25,7 mln. dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 14,0 mln.dollarni tashkil etdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




