«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamda Misr Arab Respublikasining “Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari savdo sanoat” palatasining raisi va bir qator soha vakillari bilan onlayn formatda bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari.
Joriy yil 21 fevral kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari D.Vaxabov va Misr Arab Respublikasining «Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari savdo sanoat palatasi»ning direktori Dr.Xaney Kadax, «To‘qimachilik sanoati palatasi» direktori Xaled El Bexayri va O‘zbekistonning Misrdagi vakolatxonasi vakillari hamda bir qator mahalliy korxonalar ishtirokida VKA bo‘lib o‘tdi.
«VKA»dan asosiy maqsad mahalliy tadbirkorlar joriy yil 2-4 mart oylari Misr shahrining «Cairo Fashion & Tex 2022» ko‘rgazmasiga qatnashi borasida kelishuvlar va muhokamalar amalga oshirish.
Ikki davlat vakillari tomonidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Misr to‘qimachilik sohasida hamkorligining keng qamrovli kun tartibini, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida to‘qimachilik sohasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlarni muhokama qildilar.
Muzokaralar davomida, Misrning Tayyor To‘qimachilik mahsulotlari savdo sanoat palatasi ko‘magida yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rgazma doirasida Misr to‘qimachilik korxonalar jalb qilinishi va B2B formatda uchrashuvlar tashkillashtirish kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




