«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari D.Vaxabov va to‘qimachilik asbob-uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalaridan biri Trützschler Group (Germaniya) rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar davomida erishilgan natijalar:
1. Trützschler Group tomonidan Respublikamizning Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirilayotgan sun’iy va paxta tolalarini chuqur qayta ishlash loyihalariga umumiy qiymati 110 mln. AQSh doll. miqdoridagi asbob-uskunalarni yetkazib berish shartlari qayta qo‘rib chiqildi. Xususan, hozirgi kundagi yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligiga qaramasdan yuqoridagi loyihalar bo‘yicha asbob-uskunalarni yetkazib berish muddatlari 1-4 oyga qisqartirilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu o‘z o‘rnida loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi uchun zamin yaratadi.
2. Trützschler Group tomonidan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar xaridini Germaniya banklari kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish mexanizmlari va bunda talab qilinadigan Eksport kredit agentligi (Euler Hermes) qoplamasini olish talablarini yengillashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu tashabbus amalga oshirilishi natijasida Respublikamizdagi to‘qimachilik sanoat korxonalarining bank kreditlari bo‘yicha moliyaviy xarajatlari kamayishi ko‘zda tutilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




